Libertadores Kubogining joriy yilgi g'olibi ekstra taymlarda ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
28 noya 2021, 07:50
J.Amerikadagi klublar o'rtasidagi nufuzli musobaqa finalida Braziliyaning taniqli ikki jamoasi “Palmeyras” va “Flamengo” o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuv g'olibi qo'shimcha bo'limlarda aniqlandi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, 95-daqiqada “Palmeyras” safida zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Deyverson raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

“Palmeyras” qatorasiga ikkinchi yil, o'z tarixida esa uchinchi marotaba Libertadores Kubogi sohibiga aylandi. Musobaqa to'purari esa 11 gol bilan Gabigol bo'ldi.

"Palmeyras" Braziliya – "Flamengo" Braziliya 2:1 (1:0, 0:1, 1:0)

"Sentenario"

Gollar: 1:0 – 5 Rafael Veyga, 1:1 – 72 Gabriel Barboza, 2:1 – 95 Deyverson.

"Palmeyras" – Ueverton, Mayke (Gabriel Menino, 105), Gomes, Luan, Pikeres (Melo, 113), Ze Rafael (Danilo, 82), Skarpa, Rafael Veyga (Deyverson, 90), Danilo (Patrik de Paula, 70), Dudu (Vesli, 77), Roni.

"Flamengo" – Diego Alves, Isla (Mateuzino, 79), David Luiz, Rodrigo Kayo, Filipe Luis (Rene, 32), Everton Ribeyro (Maykl Richard, 63), Arao, de Arraskaeta (Vitino, 111), Pereyra (Pedro, 111), Gabriel Barboza, Bruno Enrike (Kenedi, 90).

Ogohlantirishlar: Rodrigo Kayo (65), Pikeres (67), Gabriel Barboza (74), Gomes (74), de Arraskaeta (78), Melo (120).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia