Levandovskining agenti: Robertga Angliya klublari qiziqishmoqda, ammo...

Narzulla Saydullayev
12 noya 2015, 10:28
Bavariya klubi hujumchisi Robert Levandovskiga Angliya premer-ligasidan qiziqish bo'layotganini uning agenti Mayk Bartel ma'lum qildi.

Robertga Angliya klublaridan qiziqish bo'lmoqda, ammo Bavariya bilan o'rtadagi shartnomani hurmat qilish kerak, – deydi agent.

Mish-mishlarga ko'ra, Levandovskiga Liverpul qiziqish bildirmoqda. Ushbu klubga yaqinda Robert bilan birga ishlagan Yurgen Klopp bosh murabbiy bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de