Levandovski: "Xavi o'tgan mavsumda nima xato ketganini tushundi"

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022, 19:02
Robert Levandovskining takidlashicha, Xavi "Barselona"da o'tgan mavsum bilan solishtirganda nimani yaxshilashi kerakligini biladi.

"U o'tgan mavsumda nima xato ketganini tushundi va orzu qilganidek, holatga chiqish uchun buni tuzatishni xohlayotganini ko'rib turibman.

Futbolchilar diqqatni jam qilishgandi, ammo tanalari bunga bardosh bera olmadi. O'ylaymanki, har hafta, har bir o'yinda o'sib boramiz. Vaqt o'tishi bilan ishlarimiz yurishib ketishiga qatiy ishonaman", – dedi "Barsa" hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kanał Sportowy