

Robert Levandovski Germaniya chempionatining 27-turida "Ayntraxt"ga qarshi uchrashuvda (5:2) gol urdi.
Bu polyak o'yinchisining joriy chempionat bahsidagi 27-goli bo'ldi. Shunday qilib, Levandovski Evropaning TOP-5 liganing eng yaxshi to'purarlari reytingida Immobilega yetib oldi, deya xabar berdi Gracenote Sports.

Immobile qachon Levandovskiga "javob qaytarishi" hozircha noma'lum. Italiya chempionatining restarti sanasi hali tasdiqlanmagan.



