Levandovski: "Messi bilan raqobatga kirishganimning o'zi darajamni ko'rsatib turibdi"

Sherzod Nurmatov
7 dek 2021, 21:55
"Bavariya" hujumchisi o'tgan hafta taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Polshalik Robert Levandovski "Oltin to'p" uchun kurashda argentinalik Lionel Messiga yutqazib, ikkinchi o'rinni egallaganidan keyin unchalik yoqimli his-tuyg'ularni boshdan kechirmaganini tan oldi.

“O'tgan hafta og'ir bo'ldi. Yashirmayman, xafa bo'ldim. Men xursand emasdim, o'ynash ham qiyin kechdi.

Men Messini, uning yutuqlari va darajasini hurmat qilaman. Lionel bilan raqobatga kirishganimning o'zi mening darajamni ko'rsatib turibdi. Bu menda g'urur uyg'otadi", – dedi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca