Levandovski: "Gvardiola bir sutkada futbol haqida necha soat o'ylar ekan"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2015, 10:43
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Xosep Gvardiola qo'l ostida ishlayotganidan mamnun.

"Pep - taktikada juda aqlli va biz u bilan futbol haqida ko'p suhbatlashamiz. Futbolchining fikrini bilish murabbiy uchun foydadan holi emas. Ammo futbolchi maydonda sodir bo'layotgan hamma voqeani his qila olmaydi. Murabbiy senga ko'rsatma berganida, qanday xatoga yo'l qo'yganingni bilib olasan. Gvardiola bir sutkada futbol haqida necha soat o'ylar ekan, ammo u yuqori saviydagi mutaxassis" - deydi Levandovskiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com