Levandovski - Bundesligada bir mavsum davomida 30 ta gol urgan birinchi chet ellik

Aslanov Jasurbek
14 may 2016, 19:05
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Gannover"ga qarshi Bundesliganing 34-tur uchrashuvida hisobni ochdi.

Polshalik forvard uchun bu joriy mavsumdagi 30 gol. Shunday qilib, 27 yoshli Levandovski Bundesligada bir mavsum davomida 30 ta gol urgan birinchi chet ellikka aylandi. U "Shalke-04" hujumchisi Klas-Yan Xuntelaarning 2011/12 mavsumdagi 29 ta golli natijasini yangiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia