Levandovski "Bavariya"da yubiley uchrashuvini o'tkazdi

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya Bundesligasi 7-turida o'tkazilgan "Borussiya" (Dortmund)ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

Mazkur bahs 32 yoshli polshalik hujumchi uchun Myunxen klubi tarkibidagi 300-o'yinga aylandi. Robert bu o'yinda "Bavariya" uchun 259-golini urdi.

Eslatib o'tamiz, Levandovski "Bavariya" tarkibiga 2014 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan kelib qo'shilgan edi. 


Manba: Opta