Levandovski "Bavariya" uchun 15 o'yinda 19 ta gol urdi
Sherzod Nurmatov
30 okt 2021, 22:08
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski Germaniya chempionati 10-turida "Union" darvozasiga 2 ta to'p kiritdi.
33 yoshli polshalik birinchi taymning o'zida dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi gol uning joriy mavsumdagi 19-goli bo'ldi. E'tiborlisi, u Myunxen klubi libosida 15 o'yinda maydonga tushgandi, xolos.