Levandovski 43 uchrashuvda 51 ta gol urdi

5 iyul 2020, 07:10
“Bavariya” forvardi Robert Levandovski Germaniya kubogi finalida “Bayer”ga (4:2) qarshi bellashuvda dubl qayd etdi.

Polshalik hujumchi oltita goli bilan turnir to'purarligiga erishdi. Ikkinchi o'rin “Fortuna” a'zosi Rouven Xennningsga (4 gol) nasib etdi.

Levandovski joriy mavsumda “Bavariya” tarkibida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 51 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Ilgariroq u 34 goli bilan Bundesliga to'purarligini qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru