"Lester Siti" qishda transferlarga 30 mln. funtdan ortiqroq pul ishlatadi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2016, 14:27
"Lester Siti" qishki transferlar uchun 30 mln. funtdan ortiqroq mablag' ajratadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoaning joriy mavsumdagi omadsiz startidan so'ng "tulkilar" rahbariyati Klaudio Ranerini qo'llab-quvvatlashmoqda va unga tarkibni kuchaytirishda yordam berishadi.

Ayni damda "Lester" APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.

"Lester" "Sporting" yarim himoyachisi Adrian Silvani xarid qilishga urinib ko'radi. Shu bilan birga "tulkilar" "Genk" yarim himoyachisi Vilfred Ndidi borasida ham kelishuvga erishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph