“Lester” Raneri bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2017, 03:00
“Lester” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Klaudio Ranerini iste'foga chiqardi.

Bu haqdagi xabar klub rasmiy saytida e'lon qilindi.

Jamoaning bu yilgi mavsumda qayd etayotgan natijalaridan rahbariyatni shunday qaror qabul qilishga undadi. Ayni paytda “Lester” APLda 17-pog'onada bormoqda va ligani tark etuvchi pog'onadan bir ochko yuqoriroqda bormoqda.

Raneri klubni 2015 yildan boshqarib kelayotgandi. U jamoaning 133 yillik tarixi mobaynida ilk marta APL chempionligi sari etaklay olgandi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Лестер" расмий сайти