"Lester" "Liverpul" futbolchisi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
19 fev 2020, 18:02
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana faoliyatini "Lester"da davom ettirishi mumkin.

"Lester" 31 yoshli o'yinchining vakillari bilan muzokaralarni boshladi. Mersisaydliklar o'yinchiga boshqa klub bilan muloqot qilishiga ruhsat berishdi.

Lallananing transferiga shaxsan "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers qiziqmoqda, angliyalik o'yinchi "Liverpul"ga 2014 yilda o'tgan edi.

Xabar qilinishicha, futbolchiga bundan tashqari "Tottenxem" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.

Lallananing "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U jamoada 175ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports