"Lester" 28 mln. evrolik transfer ostonasida

Aslanov Jasurbek
17 may 2018, 13:57
"Lester Siti" "Portu" himoyachisi Rikardu Pereyrani xarid qilishga yaqin turibdi.

Transfer 28,6 mln. evro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.

24 yoshli futbolchining tovon puli 33 mln. funt, ammo ingliz klubidagilar narxni tushirishga ishonishadi.

Portugaliyalik futbolchi "tulkilar" ustozi Klod Pyuel bilan tanish, ular "Nicca"da birga ishlashgan.

Joriy mavsum Pereyra Portugaliya chempionatining 27ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph