L’Equipe nashri tarixda ilk bor murabbiyga 1 ball qo'ydi

Eldor Akmurzayev
15 avg 2020
Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida o'tgan “Barselona” – “Bavariya” (2:8) uchrashuvidan keyin Fransiyaning nufuzli L’Equipe nashri futbolchi va murabbiylarni o'z reyting ballari bilan baholadi.

Kataloniyaliklarning o'rtacha natijasi 2,7 ballni tashkil etgan. Luis Suares (4) eng yaxshi, Ter Shtegen, Xordi Alba, Kleman Lengle va Lionel Messi esa 3 balldan baholandi. Jamoa bosh murabbiyi Kike Setenga esa atigi bir ball qo'yildi. Avvalroq, nashr hech qaysi mutaxassisga bunchalik past ball bermagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Equipe