L'Equipe nashri o'quvchilari yilning ramziy termasini aniqlashdi

3 yanv 2018, 01:42
Fransiyada mashhur L'Equipe nashri 2017 yilning ramziy terma jamoasini e'lon qildi.

Dastlab jurnalistlar har bir poziciyaga nomzodlarni tanlab olishdi, so'ngra muxlislar ularga o'z ovozlarini berishdi. So'rovnomada 150 ming kishi ishtirok etdi.

Darvozabonlar: Janluiji Buffon (Yuventus). 

Himoyachilar: Dani Alves (Yuventus, PSJ), Serxio Ramos (Real), Samuel Yumtiti (Barselona), Marselo (Real). 

Markaziy yarimhimoyachilar: Luka Modrich (Real), N’Golo Kante (Chelsi). 

Qanot yarim himoyachilari /hujumchilar: Lionel Messi (Barselona), Neymar (Barselona, PSJ). 

Markaziy hujumchilar: Garri Keyn (Tottenxem Xotspur), Krishtianu Ronaldu (Real).

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe