Leonid Senkevich "Chust-Paxtakor"da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2014, 11:51
Birinchi liga ishtirokchisi "Chust-Paxtakor"da navbatdagi yangi murabbiy ish boshladi.
Klub rahbarining "SA"ga xabar berishicha yaqinda jamoa boshqaruv postida Leonid Senkevich ish boshladi. Aytish lozimki, 42 yoshli murabbiy bungacha "Lokomotiv-BFK"da faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi "Paxtakor" futbol akademiyasida bo'lib turgan edi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, chustliklarning Buxoroda o'tgan pulka bahslarida maydonga Senkevich olib tushgan.

Kelasi yil ham birinchi ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan "Chust-Paxtakor" rahbarlari murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia