Leo Messi: "O'yin biz uchun noqulay o'tdi"

Mirjalol Normatov
18 noya 2023, 00:14
Argentina termasi futbolchisi Leo Messi JCH-2026 saralashi doirasida Urugvaydan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Butun o'yin biz uchun noqulay o'tdi. Urugvay - ko'p yuguradigan jamoa, bir-birini anchagina yaxshi tushunadi. Ularga qarshi o'ynash doimo qiyin bo'ladi", - dedi argentinaliklar forvardi.

Shu tariqa Argentina termasining 14 o'yinlik g'alabali seriyasi yakunlandi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramasdan, Argentina termasi peshqadamlikni davom ettirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: apnews.com