Lempard: “Manchester Yunayted” va “Chelsi” o'rtasidagi kurash mavsum oxirigacha davom etadi"

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2020, 17:25
“Aristokratlar” ustozi Frenk Lempard “Manchester Yunayted” bilan APLning kuchli to'rtligi uchun kechayotgan qarama-qarshilik haqida gapirdi.

“Qolgan o'yinlarda bosim ostida bo'lamiz. “Chelsi”ni “Manchester Yunayted” bilan taqqoslashning hojat yo'q. Ularda ajoyib jamoa bor, bundan xabardormiz. Ularni faqat hurmat qilamiz. “Yunayted” a'zolarining individual mahoratlarini qayd etmaslikning iloji yo'q. Ularda 20tadan golga ega ikki yigit bor. Muntazam gol urayotgan Meyson Grinvud haqida ham unutmaslik lozim.

“Manchester” markazida Brunu Fernandesh va Pol Pogba bor. Yana ular tarkibga Garri Maguayrni qo'shib olishdi. Juda kuchli jamoa. Bularning barini yaxshi bilamiz va “Chelsi” ularni 2 ochkoga ortda qoldirayotgani bizni xursand qila olmaydi. Kurash mavsum oxiriga qadar davom etadi”, deydi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal