Lempard “Everton”ning tarkibini tanlashda rafiqasi bilan maslahatlashishini aytdi

Eldor Akmurzayev
30 apr 2022, 09:00
“Everton” ustozi Frenk Lempard jamoa tarkibini tanlashda kim bilan maslahatlashishi haqida gapirdi.

“Bilaman, jurnalistlar ustimdan kulishadi, ammo tarkib borasida rafiqam bilan maslahatlashaman. Yo'q, u qanot himoyasida kim o'ynashini hal qilmaydi, lekin psixologik tomondan yaxshi maslahat bera olishi mumkin. Misol uchun, mashg'ulotlarga kimdir kelmasa, Kristin (rafiqasi) o'sha o'yinchining turmush o'rtog'i bor yoki yo'qligini so'rab, u bilan suhbat o'tkazadi. Ayrim muammolarga boshqa tomondan yondashish kerak”, deydi Lempard.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar ayni vaqt APL jadvalida 32 o'yindan so'ng, 29 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda. 43 yoshli mutaxassis jamoani joriy yilning yanvarida qabul qilib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: High Performance