
Aguero juda katta potencialga ega hujumchi. U Messi va Ronaldo darajasiga chiqa oladimi? Hammasining Serxioning o'z qo'lida. U agarda ushbu sport formasini saqlab qolib, o'z ustida ishlasa yanada yuqoriroq pog'onaga ko'tarila oladi. Serxio Aguero hozir ham dunyoning eng kuchli hujumchilari qatorida turadi. "Bavariya" bilan bo'lgan o'yinda u o'zining barcha imkoniyatlaridan unumli foydalana oldi va qanday kuchga ega ekanligini isbotladi.