Lempard: “Abraxam - Kiyim almashtirish xonasidagi eng muhim o'yinchilardan biri”

5 dek 2019, 08:40
“Chelsi” ustozi “Aston Villa”ga qarshi bahsdan (2:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ayni damda Temmi - APLning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Bundan tashqari u jamoa uchun nafaqat gollari, balki raqibga o'z jarima maydonidayoq pressing taqdim etayotgani bilan ham foydali. U kiyim almashtirish xonasining eng muhim o'yinchilaridan biriga aylanmoqda. Boisi unda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq juda kuchli. Albatta, o'zining ajoyib formasida bo'lgan futbolchini yo'qotish jamoaga ta’sir qilmay qolmaydi. Uning safimizga tezda qaytganidan xursandmiz”, - deydi Frenk Lempard.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Челси” расмий сайти