Lemann: "40 mln. evroga himoyachi xarid qilish - "Arsenal"ga yarashmaydi"

Aslanov Jasurbek
4 sen 2016, 13:21
"Arsenal" sobiq posboni Yens Lemann "Valensiya" himoyachisi Shkordan Mustafining London klubiga o'tishidan hayron bo'lganini tan oldi.

"40 mln. evroga himoyachi xarid qilish - "Arsenal"ga yarashmaydi, men hayronman. Venger klub uchun pul ishlashda eng muvaffaqiyatli murabbiy deb hisoblayman. U doimo Chempionlar ligasida ishtirok etgan va arzonga olib, qimmatga sotgan.

Klub u tufayli yangi stadionga ega bo'ldi, ammo jamoaning natijalari yomonlashmadi va ular CHLda o'ynashdi" - deydi Lemann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal