LegionerUz. U23 futbolchilari Malibu’ga ega chiqqan kun Otabek Shukurov BAAda ilk bor mag'lub bo'ldi

29 yanv 2018, 11:42
“Sharja” bilan 1,5 yillik kelishuvga erishgan Otabek Shukurov yangi klubi safida ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bungacha o'zbekistonlik futbolchi ishtirok etgan uch o'yinda sharjaliklarning qo'li baland kelgandi.

Turnir jadvalida ikkinchi bo'lib turgan klubga qarshi o'yin “Sharja” uchun omadli kelgandi. Shukurov jamoadoshlari 80 daqiqa davomida darvozalaridan to'p olib chiqishmadi. Ammo so'nggi 10 daqiqa omad keltirmadi. 

Qiziq tomoni, Shukurov Amirliklarda mag'lub bo'lgan kunda O'zbekiston U23 termasi futbolchilari davlat tomonidan rag'batlantirilib, Malibu avtomashinalariga loyiq ko'rildi. Aslida Shukurov, Shomurodov kabi futbolchilar ham Xitodagi Osiyo Chempionatida ishtirok etishlari kerak edi. Biroq ular xorijiy klublariga ko'nikib olishni afzalroq deb hisoblashdi.

Menimcha, bu to'g'ri yo'l. Birinchi galda Osiyo Chempionati Olimpiadaga yo'llanma bermasdi. Ikkinchidan esa, terma futbolchilari iroda ko'rsatib, qaysidir manoda Shukurov va Shomurodov elkasidagi bosimni olib. Aslida qolgan futbolchilar ham ular kabi kelajagi uchun poydevor qo'yishlari kerak. Shunchaki Shukurov ham, Shomurodov ham milliy termada bir qator o'yinlar o'tkazib ulgurgani uchun, ular ishni ertaroq boshlashdi.

Men ishonamanki, Olimpiada yoki Jahon Chempionati yo'lidagi o'yinlar bo'lganida Eldor ham, Otabek ham termasi ixtiyoriga yetib kelardi. Ko'rdikki, Janubiy Koreyaning Yevropada to'p suradigan bir qator futbolchilari ham ular kabi yo'l tutishdi. Osiyo Chempionati-ku o'tdi, ketdi. Endi futbolchilar o'z kelajaklari haqida jiddiy qayg'urishlari shart. Chunki milliy termaning ertasi aynan ular bo'lishi katta ehtimol. Qita chempionati qaysidir manoda “qurbon” qilingan bo'lsa-da, Otabek va Eldor o'z karerasida muhim qadamlarni tashlamoqda.

Igor Sergeev va “Al-Dafra”

Jamoasi so'nggi o'rinda borayotgan Igor Sergeev o'tgan tur kichik jarohati sabab o'yinda ishtirok eta olmagandi. Futbolchi bilan kechasi o'yindan keyin bog'landik. Unda tiklanish jarayoni davom etayotgani va tez orada to'la sog'ayishi haqida aytdi. Shundan kelib chiqib, “Al-Dafra” bosh murabbiyi unga 60 daqiqa davomida imkoniyat berdi.

Bu paytda “Al-Dafra” mag'lub bo'layotgandi. O'yin yakuniga sanoqli soniyalar qolganidagina Sergeev jamoasi mag'lubiyatdan qutilib qoldi.

Aziz Haydarov va Sardor Rashidov

Haydarovning “Ajman” klubi bugun “Dibba Al-Fujayrah” klubini qabul qiladi. Ehtimoliy g'alaba “Ajman”ni 4-o'ringa olib chiqishi mumkin. Sardor Rashidovning “Al-Jazira” klubi esa “An-Nasr” mehmoni bo'ladi. Ular turdan-turga chempionlikdan uzoqlashib borayotganini qayd etish kerak.

Championat.asia statistikasi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia