Legionerlar. Bugun Yo'ldoshev, G'aniev va Ubaydullaev jamoalari o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
7 may 2023, 09:00
Bugun, 7 may kuni o'zbekistonlik bir qator futbolchilar o'z klublari safidagi navbatdagi uchrashuvlarda ishtirok etishadi.


Belarus


Shahzod Ubaydullaev to'p tepayotgan Soligorskning "Shaxtyor" klubi Minskda "Dinamo" mehmoni bo'ladi. Bu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Ayni paytda "Shaxtyor" 5ta o'yindan 13 ochko to'plab, 4-o'rinda bormoqda. "Dinamo" esa 6ta o'yindan 15 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.




BAA

Azizjon G'aniev faoliyat olib borayotgan "Shabab Al Ahli" klubi bugun "Baniyas" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. 24ta o'yindan 51 ochko to'plagan "Shabab" "Al Vahda" bilan birga chempionatda peshqadamlik qilmoqda.




Rossiya


Ibrohimhalil Yo'ldoshev to'p tepayotgan "Pari NN" klubi bugun o'z maydonida "Ural"ni qabul qiladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 16:00ga belgilangan. "Pari NN" 25ta o'yindan 22 ochko jamg'argan holda 16ta klub orasida 14-o'rinda bormoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia