Leau "Milan" safida 9 o'yindan buyon gol ura olmayapti

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2024, 11:00
Vinger Rafael Leau uchun omadsiz seriya avgust oyidan buyon davom etmoqda.

"Milan" futbolchisi qatotrasiga uchinchi bor A Seriya o'yini asosiy tarkibiga kiritilmadi – "Monca"ga qarshi bellashuv (1:0)ni u zaxira o'rindig'ida boshladi. Portugaliyalik 63-daqiqada Noa Okaforning o'rniga maydonga tushirildi.

So'nggi bor "rossoneri" safida Rafael 31 avgust kuni – "Lacio" darvozasiga gol urgandi. Uning golsiz seriyasi 9 o'yinga etdi. Bu vaqt oralig'ida futbolchi 2 bor sheriklariga golli uzatma etkazib bergan. 

Takidlash lozim, chap qanot vingeri sifatida o'yinni boshlagan Noa Okafor ham 17 avgustdan buyon gol ura olmayapti. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia