
"Oldimizda qiyin vazifa turgandi, ammo biz buni uddalay oldik. So'nggi daqiqalargacha kurashdik va muvaffaqiyatga erishdik. Shu sababli munosib g'alabaga erishdik deya olamiz. "Zenit" bilan ehtiyot bo'lish kerakligini bilardik. Ammo sen ikkita gol farqi bilan oldinda borsang, biroz o'zingni engil his qilishing mumkin" - deydi Bender.