Laporta: "Messi menga ishonmoqda"

Alisher
6 mar 2021
"Barselona" prezidentligi uchun davogar Joan Laporta klub sardori Lionel Messi haqida gapirdi.

"Menda Leo bilan yaxshi munosabat bor. Men uning ishonchiga sazovar bo'lganman. U doim menga aytgan: "Vada berganlaringning barchasini bajargansan". U biz taklif qilayotgan narsalarni amalga oshirishimizni biladi. Biz unga bo'lgan bog'liqligimizni ko'rsatishimi kerak. U biz uni xohlayotganimizni bilishi kerak.

Men uning sportdagi faoliyatini eng yuqori pog'onada yakunlashi uchun qo'limdan kelgan barchasini qilaman. Bu shuningdek ushbu avlodning boshqa o'yinchilariga ham tegishli: Buskets, Pike, Alba va hokazo. Ular Inesta, Puyol va Xavi singari old eshikdan chiqishlari kerak.

Messi pulga o'ch emas va bizning taklifimizni tinglaydi. Biz davlat qo'llab-quvvatlayotgan klublar bilan raqobatlashmoqchi ham emasmiz. Taklif qilinadigan moliyaviy taklif o'z chegaralarimizda bo'ladi", - deydi Laporta.



AlisherMuallif
Manba: Diario Sport