

"Klublar uchun boshidanoq bir milliard evro miqdorida pul mukofoti taqdim etilishi ko'zda tutilgandi. Qolaversa, ushbu musobaqada qatnashib, har yili 300 million evroga yaqin daromad olishimiz mumkin edi. Superliganing yana bir afzalligi shundaki, klublar to'liq nazoratga ega bo'lardi", – dedi Laporta.
Eslatib o'tamiz, Superliga mavjudligi ikki kun davom etgan, ammo shundan so'ng jamoatchilikning salbiy munosabati tufayli loyiha muzlatib qo'yilgan edi.



