Laport Gvardiolaning shaxsiy sifatlari haqidagi savolga javob bermadi: "Izohsiz"

Alisher
20 yanv 2024, 20:51
Emerik Laport Pep Gvardiolaning insoniylik sifatlari haqida gapira turib savoldan qochdi.

"Al Nasr" himoyachisi oldin "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.


– Aytishlaricha, Gvardiola o'zgacha?

– Murabbiy sifatidami yoki shaxsiy taraflama?

– Professional sifatida.

– Pep men uchun taktika nuqtayi nazaridan dunyodagi eng yaxshi murabbiy, shubhasiz. Endilikda chetdan buni yaxshiroq ko'ryapman va anglayapman. U taktika borasida eng zo'ri.

– Shaxsiy taraflama sizga o'zi yordam berganmi yoki ko'prog'ini kutganmidingiz?

– Buni izohsiz qoldiraman, – deydi Laport.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As