LaLiganing ushbu mavsumdagi to'purari jarohat oldi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 14:10
"Selta" matbuot xizmati "Real"ga qarshi o'yinda jamoaning ikki futbolchisi jarohat olganini tasdiqladi.

Hujumchi Yago Aspas o'ng oyog'i son sohasi mushaklarida jiddiy jarohat borligi kuzatilgan. Nolitoda ham mushak jarohati aniqlangan.

Yaqin kunlar ichida ular tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Aspas o'yinning 51, Nolito esa 64-daqiqasida almashtirildi.

Aspas ayni damda 9 gol urgan holda Jerar Moreno bilan birgalikda LaLiga to'purari bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal