LaLiga. "Real" o'z maydonida Kataloniya klubiga yutqazib qo'ydi

Mirjalol Normatov
17 fev 2019, 17:56
Ayni damda LaLiganing 24-turi doirasida "Real" - "Jirona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 




Ispaniya chempionati
24-tur
Real Madrid – Jirona 1:2    VIDEONI KO'RISH

17 fevral, 16.00, Santyago Bernabeu
Gollar: 
Kazemiro 26, - 1:0. Stuani 65 penalti, - 1:1. Portu 75, - 1:2.
Real Madrid 
– Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola, Ramos, Sebalos (Mariano, 74), Kazemiro, Vaskes (Vinisius, 58), Kroos, Asensio (Beyl, 66), Benzema.

Jirona – Bunu, Alkala, Xuanpe, Raul Garsiya, Ramalo, Granel, Porro (Losano, 46), Portu (Valeri Fernandes, 84), Pons (Aleysh Garsiya, 46), Duglas Luis, Stuani.

Ogohlantirishlar: Entoni Losano 48, Serxio Ramos 64, Pedro Alkala 86, Kazemiro 88.
Chetlatish: Serxio Ramos 90.




16:00. Uchrashuv boshlandi.



"Real"ning asosiy tarkibi. 



Bugun Ispaniya chempionatida 300-uchrashuvida maydonga tushgan Benzema.



26-daqiqada Kazemiro boshi bilan gol urib hisobni ochdi - 1:0. VIDEONI KO'RISH


45-daqiqada Marselo gol urdi, biroq o'yindan tashqari holatda qolib ketgani uchun gol inobatga olinmadi.



Birinchi taym tugadi. 



Ikkinchi taym boshlandi.


59-daqiqada "Jirona" gol urishga juda yaqin keldi. Biroq Aleysh Garsiyaning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi! 


64-daqiqada Serxio Ramos o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun bosh hakam penalti belgiladi. 

65-daqiqada "Jirona" a'zosi Kristian Stuani 11 metrli jarima to'pini golga aylantirdi - 1:1.  VIDEONI KO'RISH


70-daqiqada Portuning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi! 


75-daqiqada "Jirona" hisobda oldinga chiqib oldi. Dastlabki zarban Kurtua qaytardi, qaytgan to'pni Portu boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2.  VIDEONI KO'RISH


90-daqiqada Serxio Ramos maydondan CHETLATILDI! Himoyachi hujumga o'tib akrobatik tarzda zarba berayotganda raqibiga nisbatan xavfli o'ynadi va ikkinchi bor ogohlantirish olib maydonni tark etdi. 


90+4. O'YIN YAKUNLANDI! "Real" o'z maydonida Kataloniyaning "Jirona" klubiga yutqazib qo'ydi - 1:2.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia