LaLiga FIFAni sudga berdi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2023, 21:33
LaLiga taqvim tufayli FIFA bilan sudlashishga qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya futbol ligasi rahbariyati Sport arbitraj sudiga murojaat qilgan. Ularni 2026 yilning sentyabridan kuchga kiradigan terma jamoalar o'yini taqvimi qoniqtirmayapti.

2026 yilgi jahon chempionatidan keyin terma jamoalarning kuzda o'ynashi uchun bir oyna kamroq bo'ladi, ammo sentyabr oyidagi tanaffus 16 kunga ko'payadi va 4 tagacha o'yinni o'z ichiga oladi. Ushbu tizim 2030 yilgacha ishlaydi.

La Liganing fikricha, bunday o'zgarishlar mahalliy chempionatlarga katta zarar etkazadi va o'yinchilarga jiddiy muammolar tug'dirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo