“Lacio” “Barselona” yarim himoyachisini sotib olishga tayyor

2 iyun 2018, 08:35
Andre Gomesh A Seriyaga o'tishi mumkin.

“Barselona”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomesh yozda jamoani tark etadi. Gomeshga ayni vaqtda Rimning “Lacio” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rimliklar unga jamoadan ketishi kutilayotgan Sergey Milinkovich-Savichning o'rinbosari sifatida qarashmoqda. “Barselona” Andre uchun 40 mln evro so'ramoqda. Agar “Lacio” o'z yetakchisini sotadigan bo'lsa, bu pulni to'lash ularga muammo bo'lmaydi. Gomeshning xizmatlariga, shuningdek, “Napoli” ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es