La Ligani tark etib, Segundaga tushib ketgan jamoalar ma'lum

13 may 2018, 08:37
Ispaniya chempionati yakunlanishiga bir tur qolgan bir paytda La Ligani omadsiz tarzda o'tkazib, yakunda quyi ligaga tushib ketgan jamoalarning nomi ma'lum bo'lib ulgurdi.

Segundaga “Deportivo”, “Las-Palmas” va “Malaga” jamoalari tushib ketishdi. Ispaniya ikkinchi divizionida birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri La Liga chiptasini qo'lga kiritishadi. 

Chempionat yakunlanishiga uch tur qolgan bir paytda bu o'rinlarni “Rayo Valekano” va “Ueska” klublari band etib turishibdi.

O'xshash yangiliklar