La Liga. "Real Sosedad"da g'alaba, bugun "Barselona" va "Atletiko" o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
8 may 2021, 08:31
Ispaniya chempionatining 35-turi "Real Sosedad" va "Elche" jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan boshlandi.

Kecha o'tkazilgan o'yinda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 

"Real Sosedad" – "Elche" 2:0 

Gollar: 1:0 – 72 Elustondo, 2:0 – 90 Oyarsabal.

"Real Sosedad" – Remiro, Gorosabel, Elustondo, Le Norman, Monreal, Gevara (Subimendi, 46), Guridi (Barrenechea, 46), Yanuzay (Portu, 87), Silva, Oyarsabal, Isak (Bautista, 83).

"Elche" – Gassaniga, Barragan, Verdu, Kalvo, Palasios, Xosan (Pyatti, 67), Mfulu (Luismi, 85), Guti, Fidel (Markone, 46), Milya (Rigoni, 85), Boye (Karrilo, 67).

Ogohlantirishlar: Gassaniga (11), Fidel (12), Barragan (24), Gevara (36).

Chetlatish: Guti (11).

Bugun kun davomida La Ligada to'rtta o'yin o'tkaziladi. Ular ichida shubhasiz "Barselona" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin markaziy uchrashuvdir. Mazkur bahs chempionlik yo'lida kurashayotgan har ikki jamoa uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia