La Liga. “Real Sosedad” mag'lubiyatdan qochib qutulolmadi

Ispaniya chempionati 35-turi doirasida “Real Sosedad” o'z maydonida “Granada”ni qabul qilib, alamli mag'lubiyatga uchradi.

Uchrashuvda mehmonlar Antonio Puertas va Roberto Soldadoning gollaridan so'ng ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limda Mikel Morino va Mikel Oyarsabal gollaridan keyin mezbonlar muvozanatni tiklab, g'alaba golini urish uchun harakat qila boshlashdi. Ammo bahs oxirlarida Domingush Duarte jamoasining uchinchi golini urib, “Granada”ning safardan uch ochko bilan qaytishini taminladi -2:3.


Manba: championat.asia