La Liga rahbari Ispaniya chempionati tiklanishining ehtimoliy uch sanasini aytdi

Eldor Akmurzayev
7 apr 2020, 19:15
Prezident Xaver Tebasning fikricha, bu may oyining yoki iyun oylariga to'g'ri keladi,

Demak, La Liga rahbarining taxminiga ko'ra, bu 28-29 may, 6-7 iyun va 28-29 iyun sanalarida bo'lishi mumkin. Qolgan bahslar tomoshabinlarsiz o'tishi kutilmoqda.

Tebas favqulodda holat Ispaniya sog'liqni saqlash idoralari qo'lida ekanligi va jamoalarning mashg'ulotlarga qaytishi uchun ruxsat aprel oyining oxirlariga qadar berilmasligini tushunadi.

Avvalroq, Ispaniyada barcha professional futbol o'yinlari cheklanmagan muddatga qoldirilgani haqda xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian