La Liga. Mavsum restarti derbi bilan boshlanadi!

Alisher
22 may 2020, 10:20
Futbol Ispaniyaga 12 iyunda qaytadi.

Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda. Jurnalistlar shuningdek chempionati davom ettirilishidan so'ng o'tkaziladigan ilk o'yin qaysi ekanligini aniqlashdi.

Muxlislar "Sevilya" va "Betis" jamoalari o'rtasidagi Sevilya derbisini intizorlik bilan kutishmoqda. Taqvimning qolgan o'yinlari 28 mayda e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, "Sevilya" ayni damda chempionatda 3-o'rinda bormoqda, "Betis" esa 12-o'rinda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com