La Gazzetta dello Sport: Sinisha Mixaylovich "Milan"dan haydaldi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2016, 14:18
"Milan" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich "Milan"ni tark etdi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Milan klubi prezidenti Silvio Berluskonini Kristian Brokki bilan uch soatlik muzokara o'tkazdi. Taxminlarga ko'ra, Brokki "Milan"ning yangi ustozi bo'ladi. Ma'lumotlarga ko'ra, Sinisha Mixaylovichning iste'fosi seshanba kuni e'lon qilinadi.

"Milan" A Seriyadagi so'nggi besh uchrashuvda birorta ham g'alaba qozona olmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport