Kvaratsxeliya – A Seriyaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi (AIC)

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022, 14:52
"Napoli" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya futbolchilar assotsiatsiyasi (AIC) talqiniga ko'ra A Seriyaning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

21 yoshli gruziyalik mavsum boshida Italiya chempionatida 4 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kvaratsxeliya 2022 yilning yozida Batumining "Dinamo"sidan "Napoli"ga o'tgan edi. Yarim himoyachi 2019 yildan 2022 yilgacha “Rubin”da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia