Kuypers "Benfika" - "Bavariya" uchrashuvida hakamlik qiladi

12 apr 2016, 22:35
Yevropa chempionlar ligasi chorak final doirasidagi "Benfika" - "Bavariya" to'qnashuvining javob uchrashuvida ishlaydigan hakamlar guruhi ma'lum bo'ldi.


Portugaliyada bo'ladigan bahsni gollandiyalik tajribali FIFA referisi Born Kuypers boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sander van Rukel hamda Ervin Zeynstra ko'maklashadi. Darvozalar ortida esa Pol van Bukel hamda Richard Lisveld ishlashi tayinlangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia