Kutilmagan yangilik: UEFA "Milan"ga juda katta jarima soldi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2017, 15:53
Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qilmagan "Milan"ni jarimaga tortdi.

So'nggi qarorga ko'ra, rossonerlar 5 mln. evro jarima to'lashadi. Agar ular ma'lum vaqt ichida moliyaviy ko'rsatkichlarini yaxshilay olishmasa yana 15 mln. evroni UEFA hisobiga o'tkazib berishadi.

Oldinroq, UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan "Milan"ning vaziyatdan chiqish taklifini qabul qilmagan edi. Klub rahbariyati tezkor rivojlanish rejasini taklif qildi, ammo UEFA bu rejaga ishonmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia