Kutilmagan yangilik! Ikardidan sardorlik bog'ichi olib qo'yildi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 16:50
"Inter" matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Mauro Ikardi endi nerazzurilar sardori emas.

Ko'k-qoralarning yangi sardori darvozabon Samir Xandanovich bo'ldi.

Chet el nashrlarining taxminiga ko'ra, klub 25 yoshli forvard bilan yangi bitim borasida kelisha olmayotgani tufayli, rahbariyat undan bog'ichni olib qo'ygan.

"Inter" hamda Ikardi o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: inter.it