

Belgiyaliklar JCH-2022 guruh bosqichida Marokash, Xorvatiya va Kanada to'sig'idan o'ta olmadi.
"Endi Ispaniyaga muxlislik qilaman, u yerda ko'plab jamoadoshlarim o'ynaydi.
Ushbu jahon chempionati va o'tgan Evroda o'zimiz kabi bo'la olmadik. Men uchun bu uyatli. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Kimlardir qoladi, kimlardir ketadi. Futbolda barchasi tez o'zgaradi. Endi bizni Evro-2024 uchun saralash o'yinlari kutmoqda.
Bizni oltin avlod deb atash mushkul. Chunki biz hech nima yutmadik. Oltin avlod emasmiz. Tarkibimiz shunchaki yuqori iqtidorli futbolchilarga boy. 2018 yili Rossiyadagi mundialda yaxshi futbol namoyish qilgan Belgiyani ko'rsatib bera oldik holos", - dedi posbon.


