Kun tarixi. "Nasaf" OFK kubogini qo'lga kiritganiga 4 yil to'ldi

29 okt 2015, 00:15
2011 yilning 29 oktyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochgan kun sifatida tarixda qolgan.


"Nasaf" jamoasi 2011 yilgi mavsum davomida OFK kubogini ko'tarinki ruhda olib borishgandi. Guruh bosqichi doirasidagi barcha uchrashuvlarda raqiblar o'ta yirik hisoblarda tor-mor etilgandilar. Anatoliy Demyanenko shogirdlari pley-off bosqichini ham ancha ishonchli o'tkazib turnirning hal qiluvchi bahsiga qadar yetib borishadi.

Qur'aga ko'ra final bahsi Qarshi shahrida o'tkazildi. Finalga juda katta tayyorgarlik ko'rgan qarshiliklar Kuvaytning “Kuvayt SK” jamoasini 2:1 hisobida dog'da qoldirib, OFK kubogi g'olibiga aylangandilar.

"Nasaf" jamoasi o'zbek klublari ichida xalqaro musobaqada g'olib chiqqan ilk klub sanaladi.

Oradan to'rt yil o'tib "Nasaf" jamoasi o'zining ikkinchi katta sovrinini qo'lga kiritdi. Yaqindagina Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" O'zbekiston kubogida ilk bor zafar quchgandi.

Qizig'i, bu safar ham "Nasaf" oktyabr oyida o'zining katta g'alabasini tantana qildi.

Tarixiy o'yin qaydnomasi:

OFK kubogi - 2011.

Final.

NASAF - Kuvayt SK - 2:1 (0:0)

2011 yil, 29 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 15753 tomoshabin.

Hakamlar: Kim Don Jin, Jeon Xayi San, Li Jun Min (Janubiy Koreya).

Gollar: Shomurodov, 62 1:0. Pereplyotkins, 64 2:0. Kabi, 69 2:1.

Nasaf: Murodjon Zuhurov, Botir Qoraev (s), Boyan Malishich, Maqsud Karimov, Jahongir Jiyamurodov, Lutfulla To'raev, Erkin Boydullaev, Andrey Pereplyotkins, Artur Gevorkyan, Ilhom Shomurodov (Fozil Musaev, 84), Ivan Boshkovich (Artyom Filiposyan, 90+4).

Kuvayt SK: Xolid Fadhli, Yoqub Tohir, Fahad Avad, Rafat Jobir, Husayn Shammari (Ali Alkandari, 81), Lassana Fane, Rojerio, Ahmad Saboh (Abdulloh Buraiki, 61), Nosir Al Qahtoni, Xolid Shammari, Landri Kabi.

Uchrashuv komissari: Abdul G'afur Hamid (Maldiv orllari).

Ogohlantirishlar: Kabi, 26. Ahmad Saboh, 35. Husayn Shammari, 49. Zuhurov, 88. Malishich, 89.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia