Kuman: "Bunday Grizmann bilan "Barsa" yanada xavfli bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
4 fev 2021, 07:09
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Granada"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ajoyib o'yin, ajoyib futbol. O'ylaymanki, biz yaxshi o'ynay oldik. Bizda golgacha ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. 

So'nggi besh daqiqa ichida ikkita gol urdik, qo'shimcha vaqt esa aqlbovar qilmas darajada bo'ldi. Darvozamiz tomon penalti bo'lganmidi-yo'qmi buni bilmadim, ammo jamoamiz xarakter ko'rsata oldi. Bu bugun etirof etishimiz lozim bo'lgan birinchi narsa. 

Biz taslim bo'lmadik. Antuan Grizmann yuzaga kelgan vaziyatni o'zgartirish uchun harakat qildi. Bunday Antuan bilan biz yanada xavfli bo'lamiz", - dedi Kuman. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca