

Kulusevski Ispaniyaga qarshi o'yinda yirik hisobda g'alaba qozonishi mumkinligini aytdi.
"Rostini aytsam, biz o'ylagandan ko'ra kuchliroqmiz. Biz yirik hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi.
Natijamizdan faxrlanaman. Bizda haqiqatan ham kuchli jamoa shakllangan. Bu g'alaba hayotimdagi eng yaxshi muvaffaqiyatlaridan biridir", - dedi Kulusevski.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi to'rtta o'yindan so'ng guruhda 7 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. Uchta o'yin o'tkazgan shvedlar esa 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Luis Enrike shogirdlari keyingi o'yinini 5 sentyabr, yakshanba kuni Gruziya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Shvetsiya terma jamoasi esa 8 sentyabr, chorshanba kuni Gretsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



