Kulibali muxlislardan kechirim so'radi

Mirjalol Normatov
1 sen 2019
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali A Seriya doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyin 94-daqiqada urib qo'ygan avtogoli uchun muxlislardan uzr so'radi.

"Bu avtogol menga qattiq zarba berdi. Biz ajoyib kambekni amalga oshirishimiz mumkin edi.

Muxlislardan uzr so'rayman. Biz kuchlimiz, buni maydonda ko'rsata oldik. Biroq natijani to'g'ri qabul qilishingizni iltimos qilaman", - dedi Kulibali.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia