Kubokni "Marakana"ga Puyol va braziliyalik model Bundxen olib kelishadi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2014, 14:01
JCH-2014 finali doirasidagi Germaniya - Argentina uchrashuvidan oldin "Marakana" stadioniga Jahon kubogini Ispaniya terma jamoasi sobiq sardori Karles Puyol olib keladi.
Unga braziliyalik jozibali model Jizel Bundxen hamrohlik qiladi, deb xabar bermoqda AS nashri.

Kubok mashhur brend tomonidan yasalgan maxsus keysda stadionga keltiriladi.

Bahs 13 iyul kuni tunda Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, 2010 yilgi final o'yiniga kubokni italiyalik Fabio Kannavaro olib kelgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru